YeCHL. “Siti” Parijda mehmon, “Milan” “Atletiko”ga qarshi yoxud bugungi o‘yinlar anonsi

Bugun, 28 sentyabr kuni Yevropaning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan Yevropa Chempionlar Ligasi 2021-22 yilgi mavsumi guruh bosqichining 2-turiga start beriladi.

Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da “S” va “D” guruhlarida bittadan uchrashuvlarga start beriladi. “S” guruhida ilk turda “Sporting”ni 4:0 hisobida yenggan “Ayaks” “Borussiya Dortmund”ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan “Beshiktosh”ni qabul qiladi. “D” guruhida esa “Shaxtyor” hamda “Inter” o‘zaro kuch sinashadi. Birinchi turda donetskliklar kutilmaganda Yaxshiboyev to‘p suruvchi “Sherif” klubiga mag‘lub bo‘lgandi. “Inter” esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, “Real”ga yengilgan.

Реклама на Unews

Ushbu ikki o‘yin o‘z nihoyasiga yetgach, soat 23:55 da 2-turdan o‘rin olgan yana 6 ta uchrashuv start oladi. “D” guruhi doirasida “Real Madrid” o‘z uyida “Sherif”ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin “Santyago Bernabeu” stadionida ilk bor o‘zbek futbolchisi to‘p surishi bilan ham ahamiyatga ega. Madridliklar agar bu o‘yinda g‘olib bo‘lsa, guruh peshqadamiga aylanib oladi.

“D” guruhida peshqadam “Borussiya” o‘z uyida “Sporting”ni qabul qiladi. Shuningdek, “o‘lim guruhlari”dan biri bo‘lgan “B” guruhida yetakchi “Liverpul” “Portu” mehmoni bo‘ladi. Mersisayd klubi g‘olib chiqqan taqdirda guruhda yakka peshqadamga aylanib oladi. 

Реклама на Unews

“B” guruhining 2-bahsida markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi: 7 yillik tanaffusdan so‘ng, YeCHLga qaytgan “Milan” “San-Siro”da “Atletiko”ni mehmon qiladi. Ilk turda milanliklar “Liverpul”ga 3:2 hisobida yengilgan edi. “Atletiko” esa o‘z uyida “Portu” bilan durang o‘ynagan.

Shuningdek, YeCHL guruhlarining eng kuchlisi, deya ta’riflanayotgan “A” guruhida ham 2 bahs o‘tkaziladi. Ilk turda “Manchester Siti”ga 6:3 hisobida yengilgan “Leypsig” bu turda “Bryugge”ni mehmon qiladi. Ular ayni damda guruh autsayderlari bo‘lib turibdi. 2-o‘yin esa turning eng markaziy uchrashuvi bo‘lishi kutilayotgan PSJ – “Manchester Siti” juftligidir. Ikki yulduzli tarkib bu oqshom sizga haqiqiy jang taqdim etishi aniq.

Ma’lumot uchun, ertaga, 29 sentyabr kuni ham YeCHL bahslari davom etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring