«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo`ja saylov natijasi e`lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida gapirdi

MSK a`zosi Sherzodxon Qudratxo`ja saylov natijasi e`lon qilinishidan avval bildirilgan tabriklar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Biz — Markaziy saylov komissiyasi ham xayron qoldik bu xabarlar hali natijalar e`lon qilinmasdan berilishiga. Lekin, men o`ylaymanki biz bu savolni o`sha mamlakatlarning ommaviy axborot vositalariga berishimiz to`g`ri bo`ladi», — deydi u.

Sherzodxon Qudratxo`ja «yaxshi xabar tez tarqalishini» aytib o`tdi.

Реклама на Unews

«Shuning uchun hayratlanmasa ham bo`ladi, menimcha. Biz hamma nomzodga teng, xolis munosabatdamiz», — deya qo`shimcha qildi MSK a`zosi.

Eslatib o`tamiz, kecha MSK prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e`lon qilishdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoevni prezidentlik saylovidagi «ishonchli g`alabasi» bilan tabriklagan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring