Yaponiyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Yaponiyada ham qayd etildi. Bu haqda "NHK" telekanali ma`lumotlariga tayanib xs.uz xabar bermoqda.

 Ushbu shtamm Buyuk Britaniyadan kelgan besh nafar Yaponiya fuqarosida tasdiqlangan. Ular ayni paytda karantinga olingan.

Oldinroq koronavirusning yangi mutasiyasi Germaniyada ham aniqlangani ma`lum qilingan edi. Bu erda ham virus Buyuk Britaniyadan kelgan ayolda qayd etilgan. Keyinroq Shveysariyada ham shunday holat tasdiqlandi. Bungacha ushbu mutasiya bilan zararlanganlar Gollandiya, Daniya, Avstraliya va Italiya kabi davlatlarda ham ro`yxatga olingani ma`lum bo`lgan edi.

Реклама на Unews

Koronavirusning ushbu xavfli mutasiyasi Buyuk Britaniyada ilk bor sentyabrda aniqlangan. Ammo dekabr oyiga kelib u bilan zararlanish keskin osha boshlagan. Buyuk Britaniya bosh vaziri ushbu shtamm oldin ma`lum bo`lganlarga qaraganda 70 foiz yuqumli ekani aytib o`tdi.

Epidemiologik vaziyatni yomonlashgani bois qirqqa yaqin, shu jumladan, O`zbekiston ham Buyuk Britaniya avia aloqalarni to`xtatdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring