Yangiyo`lda o`z uyida kuchli portlovchi pirotexnika yasayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida qo`lbola pirotexnika vositalarini yasayotgan fuqaro qo`lga olindi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.

Ma`lum qilinishicha, shu kecha-kunduzda IIBB xodimlari Toshkent viloyati hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi shahar-tumanlar kesimida nazorat-reyd tadbirlari o`tkazmoqda.

Viloyat IIBB jinoyat qidiruv bo`limi tezkor xodimlari tomonidan Yangiyo`l tumanida o`tkazilgan tadbir davomida «Madaniyat» mahallasida yashovchi 25 yoshli M.B. o`zining uyida kuchli portlovchi pirotexnika vositalarini qo`lbola usulda tayyorlayotgani aniqlangan.

Реклама на Unews

Holat yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonidan 100 dan ortiq elim (santexnika) quvur bo`laklari va bir nechta idishda ushbu vositani yasash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar, dazmol va boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro M.B. ushbu pirotexnika vositalarini tayyorlashda foydalangan moddasini Bektemir tumani Yangiobod bozoridan o`ziga notanish bo`lgan shaxsdan 130 ming so`m evaziga sotib olganligi, so`ng unga o`zining tomorqasida foydalanish uchun saqlayotgan ammiak selitrasi va bir necha boshqa moddalarni qo`shib tayyorlaganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring