BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Yangiyo‘lda o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi (FOTO)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida o‘quvchi qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan va qochib ketgan notanish shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar keng tarqalgan edi. Bugun ushbu noma’lum shaxs Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangiyo‘lda o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi (FOTO)

2021 yil 29 yanvar kuni soat 12:10larda, Yangiyo‘l shahar 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1-sinf o‘quvchisi A.S.ni maktabdan chiqqan vaqtida noma’lum shaxs qo‘lidan ushlab, “Yur, seni onang kutib turibdi, men oldiga olib boraman” deb aldab, Yangiyo‘l shahar Vokzali tomonga olib ketgan. Vokzal ko‘chasida joylashgan kabobxona ishchisi fuqaro Abdulaziz Abidov yosh qizchaning yig‘lab qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, qo‘lidan yetaklab ketayotgan erkak kishiga e’tibor qaratib, ular tomon yugurib borgan. Buni ko‘rgan noma’lum shaxs qizchani qoldirib qochib ketgan. 

Fuqaro Abdulaziz Abidov qizaloqni sog‘-salomat ta’lim olayotgan maktabiga yetkazib, sinf rahbariga topshirgan. Mazkur holat yuzasidan no’malum shaxsga nisbatan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 4 fevral kuni soat 10-00 larda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni Oqqo‘rg‘on tumani markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hududida qo‘lga olib, Quyichirchiq tumani IIBga topshirgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi bilan sudlangan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Fikr qoldiring