Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Yangi Zelandiya 14 nafar Rossiya fuqarosi, shuningdek, yettita mudofaa kompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Yangi Zelandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Nanaiya Maxuta ma’lum qildi.

Sanksiyalardan jabrlanganlarning mol-mulki muzlatiladi. Ularning mamlakatga tashrif buyurishi, samolyotlarining Yangi Zelandiya havo hududidan foydalanishi va kemalarning portlarga kirishi taqiqlangan.

TIV matbuot-relizida aytilishicha, sanksiyalar raketa va o‘qotar qurollarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari va aksiyadorlariga, shuningdek, "Vagner guruhi" bilan bog‘liq bo‘lgan “neonasistlarning harbiylashtirilgan guruhlari a’zolari”ga nisbatan qo‘llanilgan. Sanksiyalar ro‘yxatiga kim aniq kiritilgani aniqlanmagan. Ma’lumki, cheklovlar ikkita axborot agentligi - InfoRos va News Front'ga ta’sir ko‘rsatdi.

Реклама на Unews

“Rossiya Federasiyasi o‘z mudofaa sektori ko‘magida Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi, bu xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”, dedi tashqi ishlar vaziri Nanaya Maxuta.

Ukrainadagi harbiy amaliyotlar fonida Yangi Zelandiya mart oyida 100 nafar rossiyalik, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qora ro‘yxatga kiritdi. Keyinroq Yangi Zelandiya hukumati ham Davlat Dumasi deputatlariga, ham senatorlarga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring