Yangi yil bayramini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

Yangi yil bayramini ko‘ngildagidek, tinch va xavfsiz o‘tkazish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati o‘z tavsiyalarini berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

  1. Yangi yil archasi o‘rnatilgan xonaning kirish va chiqish eshiklari ochiq bo‘lishi.
  2. Xona birlamchi yong‘in o‘chirish anjomi bilan ta’minlanishi.
  3. Elektr ta’minotini «Elektr uskunalarini o‘rnatish» qoidalari talablari asosida o‘rnatish.
  4. Nosoz rozetkalardan, har xil elektr girlyandlardan foydalanmaslik.
  5. Bezatilgan archaga turli xildagi paxta mahsulotlar va matolardan yasalgan o‘yinchoqlarni ilmaslik.

Shuningdek, yangi yil archasi o‘rnatilgan tashkilotlar, muassasa va korxonalarning binolariga yong‘in o‘chirish avtomobillari borish yo‘llari mavjudligi, yong‘in o‘chirishga mo‘ljallangan suv havzalari, ichki yong‘in o‘chirish kranlarining sozligi va birlamchi yeng va dastaklar bilan ta’minlangan bo‘lishi, binolarning yog‘och qismlari kimyoviy suyuqlik bilan qayta ishlangan bo‘lishi va telefon aloqasi mavjudligiga e’tibor berish maqsadga muvofiq.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring