Yangi yil arafasida qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami arafasida qanday ob-havo kutiladi? UzbMeteo bu bo‘yicha o‘z prognozlarini o‘rtoqlashdi.

24-dekabrdan avvaliga Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga, 25-26-dekabrdan respublikaning boshqa hududlariga shimoli g‘arbiy sovuq nam havo massalari yog‘ingarchiliklar bilan kirib kelishi oydinlashmoqda.

Havo harorati pasayadi, joylarda frontal shamollar kuchayadi. Bu sovuq nam havo oqimining oxirgi bosqichlarida ko‘plab hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

Реклама на Unews

26-dekabrdan shimol hududlariga, 27-dekabrdan respublikaning boshqa hududlariga sovuq Sibir antitsiklonining chekka qismi ta’sir eta boshlaydi. Odatda qish mavsumida O‘zbekistonda Sibir antitsikloni davomli 4-5 sutkagacha davom etadi. Katta ehtimol bu havo oqimi yangi yil arafasidagi ob-havoni ham belgilasa kerak.

Demak, yangi yil arafa (30-31-dekabr)larida respublika hududlarida kechalari haroratning nol darjadan biroz pasayishi va kunduz kunlari biroz iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo sharoiti bo‘lishi oydinlashmoqda. Tojikistonlik hamkasblar ham 28-31-dekabr kunlari Tojikistonda yog‘ingarchilik bo‘lmasligini prognoz qilishdi.

Qish mavsumida Sibir antitsikloni chekka qismi kuzatilgan davrda O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz, sovuq havo to‘lqini kuzatiladi. Ammo hozirgi antitsiklonning respublikaga chuqur kirib kelmayotgani hisobga olinsa, oy oxirlarida shimol hududlaridan tashqari joylarda havo haroratining keskin sovib, qahraton qish bo‘lishiga guvoh bo‘lmasak kerak.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring