“Yangi O`zbekiston” universitetiga kirish imtihonlari bo`lib o`tdi

Kecha, 6 sentyabr kuni Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O`zbekiston” universitetiga kirish imtihonlari bo`lib o`tdi.  

Imtihon davomiyligi 3 soatni tashkil etdi va ingliz tilida o`tkazildi.  

Cambridge Assessment tashkilotining ta`lim yo`nalishi bo`yicha bosh maslahatchisi Steve King imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.

Реклама на Unews

"Yangi O`zbekiston" universitetiga kirish imtihonlari Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda. Savollar maktab darsliklari asosida xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan. Savollarning qiyinlik darajasi yuqori va bu universitetga eng iqtidorli yoshlarning saralab olinishiga turtki bo`ladi. Javoblar varaqasi Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan tekshiriladi. Natijalar sentyabr oyining oxiriga qadar e`lon qilinishi ko`zda tutilgan",–dedi Steve King.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring