Yana bir davlat koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida ma’lum qildi

Ukrainada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini ketmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi ,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

U hozir butun dunyoda kasallik avj olayotgani, Ukraina ham bundan mustasno emasligini ta’kidlagan.

«Shu sababli bugungi kunda xorijiy fuqarolarga kirish bizda haqiqatan ham taqiqlangan. Bu to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Bizda birinchi to‘lqin boshlanganda shunday qarorga kelingandi, hozir uni to‘xtata oldik. O‘shanda Ukrainaning 40 million fuqarosiga 100 nafardan 300 nafargacha kasallanganlar to‘g‘ri kelgandi. Hozir bir kuniga uch ming kishi kasallanmoqda. Afsuski, bu Ukrainadagi ikkinchi to‘lqindir», — degan prezident.

Реклама на Unews

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina o‘z fuqarolarini ham, mamlakatga keladigan boshqa davlat fuqarolarini ham xavf ostiga qo‘ya olmasligini ta’kidlagan. «Keyinchalik vaziyat barqarorlashgach, Ukraina chegaralari, albatta  ochiladi», — degan u.

Avvalroq Kanada, Chexiya, Avstriya va Gruziyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani xabar berilgan edi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring