Xushxabar! Endi "Umra"ga qatnov har kuni amalga oshiriladi

Avvalroq 2022 yil 22, 25 va 28 yanvar kunlari Toshkent shahridan Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga o`zbekistonlik ziyoratchilarni umra ibodatlarini ado etish uchun reyslar amalga oshirilishi ma`lum qilingan edi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining xabar berishicha, 22 yanvar kuni 1-reys parvozi Saudiya Arabistoniga muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Shuningdek, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining birinchi o`rinbosari Muzaffar Komilov tomonidan “O`zbekiston 24” telekanaliga berilgan intervyuda aytilishicha, umra ziyorati uchun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshiriladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring