Xorijda O‘zbekiston OTMning ilk filiali ochiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistonda xorijiy mamlakatda o‘z filialini tashkil etgan ilk oliy ta’lim muassasasiga aylandi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

O‘zAning xabar berishicha, institut Hindistonning Dehli shahriga yaqin hududda joylashgan Noida xalqaro universiteti bazasida o‘z filialini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi.

"2020-2021 o‘quv yilidan institut professor-o‘qituvchilari MBBS (Tibbiyot va jarrohlik bakalavri) dasturi asosida o‘qishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga o‘z mamlakatlarida tahsil berishadi, – deydi institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ahatjon Nasullayev. – Kelishuvga binoan, Noida xalqaro universiteti ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, o‘quv laboratoriyalari hamda klinik bazalardan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi. O‘qishga qabul qilingan talabalar birinchi ikki yilni Hindistonda, qolgan 3 yilni esa Buxoroda o‘tkazishadi".

Реклама на Unews

Buxoro davlat tibbiyot instituti, Noida xalqaro instituti hamda PeopleHive kompaniyasi o‘rtasida imzolangan ushbu uch tomonlama memorandum mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining xalqaro jozibadorligini ta’minlashda, ta’lim eksporti orqali institut moddiy barqarorligini oshirishda hamda xalqaro reytinglarda o‘rin egallashiga asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring