Xonanda Lola otasi bilan so’ngi suhbati haqida

Xonanda Lola Yo'ldosheva o'zining Instagram sahifasida otasi haqida aytib berishni istagan obunachilardan birining so'roviga javob berdi:

Dadam sochining uchigacha aqlli edi. Juda mehribon va nihoyatda qobiliyatli bo'lgan. Har doim vazmin, xotirjam, baxmal ovozida gapirar edi. Menimcha, u javobni bilmagan va to'g'ri va dono maslahat bermagan birorta ham savol yo'q edi. Men ijodda ham, shaxsiy hayotimda ham har doim unga maslahat so'rab murojaat qilardim. Men uchun u har doim suyanchiq edi. U o'zini juda yaxshi ko'rar edi, doim o'ziga qarab yurar edi, har sohada ajoyib did sohibi edi. Bundan tashqari, uning juda chiroyli qo'llari bor edi … Ketishdan bir kun oldin u bilan gaplashdik … Va bu bizning so'ngi suhbatimiz ekanligini hech birimiz hayolimizga ham keltira olmasdik, – deb yozadi Lola Yo'ldosheva.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring