Xitoydan O`zbekistonga yangi temir yo`l yo`nalishida yuk poezdi jo`nab ketdi

13 avgust kuni Sharqiy Xitoyda joylashgan Szyansu provinsiyasidagi Usi shahridan chiqqan yuk poezdi Markaziy Osiyo tomon yo`l oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

Xitoyda nashr etiladigan etakchi markaziy rasmiy nashr - "Jenmin jibao" gazetasining yozishicha, yuk poezdiga 1 ming tonnadan ziyod yuk joylashtirilgan. Ular, jumladan, umumiy bozor qiymati 30 million yuan (taxminan 4.4 million AQSh dollari) miqdoriga teng bo`lgan maishiy texnika va avtomobillar ehtiyot qismlaridan iborat.

 
 

Poezd taxminan 20 kundan keyin O`zbekiston va Qozog`istonga etib keladi.

Реклама на Unews

“Usi shahridagi G`arbiy logistika parkidagilar tomonidan ma`lum qilinishicha, pandemiya boshlanganidan keyin mahalliy tashqi savdo korxonalari tovarlarni eksport qilishda qiyinchiliklarga duch kela boshlashgan, yuk tashuvchi yangi temir yo`lining paydo bo`lishi esa ushbu korxonalar uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda”, deb yozadi "Jenmin jibao" gazetasi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring