Xitoy rahbari kelasi hafta Rossiyaga boradi

Xitoy rahbari Si Szinpin kelasi hafta Moskvaga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.

Qayd etilishicha, Xitoy rahbari kelasi hafta poytaxtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirgan. Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi uchrashuv haqidagi xabarga javob berish so‘roviga darhol javob bermagani, Kreml esa izoh berishdan bosh tortgani qayd etilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring