Xitoy koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi

Xitoy koronavirus epidemiyasiga qarshi javob choralari ko‘rishdagi xatolarini tan oldi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoy parlamenti qonunchilik yig‘ini sessiyasi ochilishida hukumat ishi bo‘yicha hisobot bilan chiqishi vaqtida ma’lum qildi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ketsyanning aytishicha, koronavirus tarqalishi davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatni boshqarishda ko‘plab zaif bo‘g‘inlar yuzaga chiqqan.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, ba’zi sohalarda korrupsiya va qog‘ozbozlik keng tarqalgan muammolar bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, hukumat ishi ortiqcha rasmiyatchiliklar sababli qiyinlashgan. Uning aytishicha, bir qator amaldorlar yo o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaydi, yo ularni umuman bajarishga qodir emas.

Xitoy hukumati bu muammolarga sinchkovlik bilan e’tibor qaratib, aholining turli qatlamlari vakillari fikrlari va takliflarini hisobga oladi. “Biz o‘z ishimizni yaxshilashimiz, o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz va xalq ishonchiga muvofiq kelish uchun barcha ishni qilishimiz lozim”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Li Ketsyan.

Ayni vaqtda bir nechta davlatlar, jumladan, AQSH Xitoyni koronavirus epidemiyasiga tegishlicha javob bermaganlikda va shu sababli uning butun dunyoga tarqalishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab kelmoqda.

Amerikalik olim siyosatchilarning vaksina ishlab chiqilishi haqidagi va’dalariga ishonmaslikka chaqirdi

Namanganda 84 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi

Реклама на Unews

Dunyoda ilk bor koronavirusni aniqlaydigan genetik test ixtiro qilindi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring