Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Smartfonsoz kompaniyalarning rahbarlari o‘zlari qaysi rusumlardagi telefonlarni ishlatishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Xiaomi korporatsiyasi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ulardan o‘zi yaxshi ko‘rgan uchtasini ma’lum qildi.

Ley Szyunga eng ma’qul kelgan dastlabki smartfon Xiaomi Mi Mix 2 modeli ekan. Kompaniya rahbari uni keramikadan ishlangan, betakror orqa qopqog‘i uchun ham yoqtirishini ta’kidlab o‘tgan.

Реклама на Unews

Mi Mix 2 flagmani 2017 yilning sentyabrida namoyish qilingan bo‘lib, foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikka kirgan.

Xiaomi rahbariga yoqqan ikkinchi smartfon – sanoqli miqdorda ishlab chiqarilgan, Xiaomi Mi 6 Bright Silver Discovery Edition nomli maxsus talqindagi qurilmadir.

Реклама на Unews

Top-menejerning izoh berishicha, mazkur modelning korpusini ishlab chiqarishda o‘ta yuksak aniqlikdagi vakuumli shakl berish jarayoni qo‘llangan, shu sababli ham ko‘zgu effektini beradi.

Va nihoyat, Ley Szyun kompaniyaning bu yilgi flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro modelini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu modelini ishlab chiqayotganida kompaniya o‘z an’anasiga ko‘ra smartfon tannarxini imkon qadar past qilishni emas, balki maksimal darajada samarador flagman yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, deydi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring