"Xalqimizga gaz kerak!" Prezident gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondirishga buyruq berdi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o`tayotgan videoselektor yig`ilishida qishga tayyorgarlikda yo`l qo`yilgan kamchiliklarni hal etish masalalari tanqidiy tahlil qilinmoqda.

Ma`lum qilinishicha, tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda gaz ta`minotida sutkasiga 20 million kub metr tanqislik mavjud. Oqibatda mingdan ziyod mahallada tabiiy gaz bosimi pasaygan.

– Gaz tizimi bilan bog`liq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki o`ttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barchamiz xabardormiz. Lekin buni bahona qilishga hech kimning haqqi yo`q. Xalqimizga gaz kerak, ularning ko`pchiligi buning uchun to`lovlarni o`z vaqtida halol qilib, to`lab kelmoqda, – dedi Prezident.

Реклама на Unews

Davlat rahbari gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondirish yuzasidan ko`rsatma berdi. Buning hisobiga kuniga 7-8 million kub metr tabiiy gaz qo`shimcha ravishda hududlarga yo`naltiriladi. Shuningdek, aholi ehtiyojini qoplash uchun yana 217 ming tonna suyultirilgan gaz etkazib berish vazifasi qo`yildi.   

Samarasiz ishlayotgan 25 ta konni investorlarga “risk-servis kontrakt” shartlari asosida berib, tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko`paytirish mumkinligi aytildi.

Joylarda ko`mir bilan bog`liq e`tirozlar ham bor. Aholi va ijtimoiy ob`ektlar uchun ajratilgan mahalliy ko`mirning 60 ming tonnasi hali egalariga etkazib berilmagani ko`rsatib o`tildi.

Реклама на Unews

Yig`ilish davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring