Xalqaro reyslar ochilmoqda, endi xorijga chiqish uchun koronavirusga test topshiriladimi?

Avval xabar qilinganidek, 15 iyun sanasidan boshlab bir necha chet davlatlariga chiqishga ruxsat berildi. Chetga chiqish uchun koronavirusga test topshirish kerakmi? Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov javob berdi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

—  Xorijiy davlatlarga safarga chiqishdan avval o`sha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga nisbatan olib borayotgan siyosat va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan tanishish zarur.

 Agar borayotgan davlatda ushbu talab mavjud bo`lsa, laboratoriya tahlilidan o`tib, tegishli ma`lumotnomani olishlari kerak bo`ladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring