Xalq ta`limi vazirligi farzandini birinchi sinfga chiqarmoqchi bo`lgan ota-onalarga eslatma bilan chiqdi

O`zbekiston Respublikasi  “Ta`lim to`g`risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, umumiy o`rta ta`lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular etti yoshga to`ladigan yilda qabul qilinadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi eslatma bermoqda.

 

Ma`lum qilinishicha, kelgusi 2022/2023 o`quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2022 yilning 31 dekabriga qadar etti yoshga to`ladigan bo`lishi, ya`ni 2015 yilning 31 dekabr kuniga qadar tug`ilgan bo`lishlari lozim.

 

Eslatma, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida olti yoshdan etti yoshgacha bo`lgan bolalarni boshlang`ich ta`limga bir yillik majburiy tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring