Vnukovo aeroporti O‘zbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda

Rossiyaning Vnukovo aeroporti joriy yilning aprel-may oylaridanoq qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqda direktorlar kengashi rahbari, aeroportning sheriklikdagi egasi Vitaliy Vansev ma’lum qildi deya — xabar bermoqda Sputnik, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Vansev birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid bildirdi.

“Biz aprel-may oylaridan har holda hamkorlarimiz – MDH mamlakatlari bilan ochilishini kutyapmiz, avvalo, O‘zbekiston va Tojikiston bilan. U yerda epidemiologik vaziyat bizga qaraganda ancha yaxshiroq. Bilganingizdek, bizda ham u barqarorlashmoqda, shuning uchun bu ikki bozor biz uchun ochilishiga umid bor”, - dedi Vitaliy Vansev. Uning so‘zlaridan RIA Novosi iqtibos keltirgan.

Реклама на Unews

Vnukovo aeroporti avgust-sentyabr oyiga kelib barcha xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarning to‘liq tiklanishiga umid qilmoqda.

“Xalqaro reyslar ochilishi bilan yo‘lovchilar oqimi tiklanishiga umid qilyapmiz.  O‘ylaymanki, har holda barcha xalqaro yo‘nalishlar ochiladi, ehtimol, avgust-sentyabr oyiga kelib”,  - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga tashrifi davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yo‘llaganini ma’lum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob bo‘lishiga umid bildirilayotganini ta’kidlagan edi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring