Vladimir Norov AQSh davlat kotibi bilan muzokara o‘tkazadi

2022-yilning 12-14-dekabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Vashington shahrida delegatsiya O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Реклама на Unews

 

Tashrif doirasida Vladimir Norov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hamda AQShning boshqa rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring