Virusolog koronavirus pandemiyasi nima uchun 2022 yilgacha tugashini tushuntirib berdi

Professor-virusolog, tibbiyot fanlari doktori, Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Anatoliy Altshteyn nima uchun koronavirus kelasi yilgacha yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu bilan u Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyugening koronavirus pandemiyasi 2022 yil boshida tugaydi degan bayonotiga izoh berdi.

«Bunga ishonishga asos bor», dedi Altshteyn. 

Реклама на Unews

Uning ta’kidlashicha, pandemiya haqiqatan ham 2022 yilgacha tugashi mumkin, ammo kasallikning alohida holatlari saqlanib qoladi.

Mutaxassis, shuningdek, Klyugening kelajakda vaksinalarni koronavirusning yangi mutasiyalari asosida takomillashtirish mumkin degan fikriga qo‘shilgan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ishlab chiqarish jarayoni osongina moslashishi mumkin.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring