Video: Yulduz Usmanovaning turkiyalik xonanda bilan birga olgan klipi 100 mln martadan ko‘p ko‘rildi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turkiyalik xonanda bilan birga olgan klipi 100 mln martadan ko‘p ko‘rildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

«Seni severdim» nomli qo‘shiqqa olingan klip YouTube’da 100 mln martadan ko‘p ko‘rildi. Xonandalarning klipi 2014 yilda e’lon qilingan.

O‘shanda Usmonova faoliyatini “zapret” sabab Turkiyada davom ettirayotgan edi. Usmonova O‘zbekistonda 10 yildan oshiq vaqt davomida taqiqda bo‘lgan. Ularning qo‘shig‘ida sevgi va xiyonat haqida kuylangan. Ta’kidlash joiz, ushbu ko‘rsatkich o‘zbekistonlik xonanda uchun rekord natijadir.



Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring