Video: Xonanda Rayhonning sobiq eri serial suratga olish jarayonida rejisserni urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek shou-biznesi vakili tomonidan xunuk xatti-harakatlar amalga oshirilgan yana bir video tarqaldi. Video telegram kanallarda e’lon qilindi.

Videoda akter Yigitali Mamajonov serialni suratga olish jarayonida rejisserning yuziga tarsaki urganini ko‘rish mumkin. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa “Ikkinchi xotin” nomli serialni suratga olish jarayonida yuz bergan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Mamajonov xonanda Rayhon bilan turmush qurgandan so‘ng mashhurlikka erishdi. Ular 2012 yilda oila qurgan. Rayhon 2014 yilda ikkita farzandni dunyoga keltirdi. Ular 2015 yilda ajrashdi. 2019 yil iyunda Rayhon va Yigitali Instagramda omma oldida janjallashdi. Rayhon Yigitalini farzandlarga nisbatan befarqlikda aybladi. Yigitali esa o‘z navbatida Rayhon sababli farzandlari bilan ko‘risha olmayotganini aytgan.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring