Video: Minskda taksi haydovchisi namoyishchilardan birini xavfsizlik kuchlaridan qutqardi

Minskda 23-sentabr kuni Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik maxfiy inauguratsiyasiga qarshi ommaviy norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Meduza. Huquq-tartibot xodimlari 200 dan ortiq odamni keskin ravishda hibsga olgan,   deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Bu kunning qahramonlaridan biri “Yandeks.Taksi” haydovchisi bo‘lib, u Minskdagi namoyishchiga ta’qibdan qochishga yordam bergan. Voqea aks etgan video Euroradio Telegram kanalida e’lon qilingan.

Реклама на Unews

Unda bir yigit maxsus kuch xodimidan qochib, oq rangli taksiga o‘tirgan. Shundan so‘ng haydovchi gazni bosib, ro‘paradan kelgan mashina bilan to‘qnashuvni chetlab o‘tib, gazonlar orqali boshqa mashinalarni aylanib o‘tib qochib ketganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchining harakatlari qo‘llab-quvvatlangan. Twitter’da  Aleksandr Lukashenkoning kenja o‘g‘li nomidan yuritiladigan parodiyali “Grustniy Kolenka” profili taksichiga shu zahotiyoq beshta yulduz qo‘ygan va transport vaziri lavozimini bergan.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni o‘tkazilgan Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovda g‘olib deb topilgan. 23-sentabr kuni ertalab Minskdagi Mustaqillik saroyida avvaldan e’lon qilinmagan inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti lavozimini egalladi. Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmadi.

Реклама на Unews

Uning asosiy raqobatchisi Svetlana Tixanovskaya inauguratsiya marosimidan keyin videomurojaat yo‘llab, unda o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb atadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring