Vaziyat jiddiylashmoqda: kecha yurtimizda koronavirus bo`yicha kunlik kasallanishlar soni 420 tadan oshdi

Sog`liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, kecha yurtimizda koronavirus bo`yicha kunlik kasallanishlar soni 420 tadan oshdi, birgina Toshkent shahrida 220 nafardan ziyod bemor qayd etildi

2022 yil 10 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201155 (+425) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

Реклама на Unews

  • 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 15 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 47 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 22 nafari Xorazm viloyatida,
  • 43 nafari Toshkent viloyatida,
  • 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Kecha kun davomida:

 Andijon viloyatida 12 nafar,

 Buxoro viloyatida 1 nafar,

Реклама на Unews

 Jizzax viloyatida 14 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,

Navoiy viloyatida 2 nafar,

 Namangan viloyatida 8 nafar,

 Samarqand viloyatida 24 nafar,

 Farg`ona viloyatida 9 nafar,

Xorazm viloyatida 20 nafar,

Toshkent viloyatida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 197308 (+126) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qildi.

Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

"Afsuski, so`nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilib, kasallikka qarshi to`liq emlanishlarini so`rab qolamiz",–deyiladi SSV axborotida

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring