«Vaqf» fondiga 6 oyida qancha pul kelib tushgani ma’lum qilindi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan 2021 yilning o‘tgan olti oyi davomida 11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ xayriya sifatida sarflangan. Bu haqda bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Vaqf xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, 2021 yil 1 yanvardan 30 iyun sanasiga qadar fondga xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali 21 315 999 344 so‘m kelib tushgan. Fond hisob raqamlaridan o‘tgan 6 oy davomida 17 395 090 948 so‘m, homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy ko‘rinishdagi ehsonlar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 21 403 394 440 so‘m sarflangan.

Jumladan, faqatgina xayriya ishlari doirasida:

Реклама на Unews

  • diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun – 1 080 601 500 so‘m;
  • diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 347 016 908 so‘m;
  • diniy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalar kontrakti uchun – 840 000 000 so‘m;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar talaba farzandlarini qo‘llab-quvvatlash uchun – 15 450 000 so‘m;
  • Sardoba fojiasida vayron bo‘lgan «Yusuf» masjidi qayta qurilishi uchun – 313 000 000 so‘m;
  • masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 69 400 000 so‘m;
  • uyi yongan fuqarolarga moddiy yordam uchun – 90 000 000 so‘m;
  • fondga murojaat qilgan fuqarolarga pul mablag‘i ko‘rinishida berilgan moddiy yordam uchun – 6 139 398 937 so‘m;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 1 628 865 000 so‘m;
  • turli xayriya tadbirlari uchun – 386 540 000 so‘m;
  • viloyat vakilliklari tomonidan berilgan arizalarga ko‘ra – 383 000 000 so‘m sarflangan.

«Jami 11 293 272 345 so‘m faqatgina xayriya yo‘nalishlarida sarflangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich fond tomonidan o‘tgan yilning xuddi shu davrida qilingan xayriya ishlari mablag‘lariga nisbatan 5 milliard so‘mga, yoki 50 foizga ko‘proq bajarilgan», — degan Saidabror Umarov.

Uning ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘lardan tashqari O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan masjidlar va fond tasarrufidagi ziyoratgohlarning ma’muriy xarajatlari, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda obodonlashtirish uchun 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

«Fond mablag‘lari aylanishi va shaffofligini ta’minlash maqsadida fondga tushgan mablag‘lar har kuni vaqf.uz sayti fondning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida yoritib borildi», — deb ta’kidlagan Vaqf xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring