Vaksinaning 1- dozasi bilan emlangandan so`ng 2-dozasini o`z muddatida olmasa, ta`sir darajasi yo`qoladimi? Mutaxassis javob berdi

Savol: Men Sputnik V  vasinasining 1-dozasi bilan emlangandim. Hozirda ushbu vaksina ayrim sabablarga ko`ra, yo`q deyishdi. Lekin yaqin oralarda bo`lishini aytishmoqda. Vaksinaning 1- dozasi bilan emlangandan so`ng 2-dozasini 21 kundan keyin olishimiz kerakligi belgilangan edi. Biroq kerakli muddatdan ancha vaqt o`tdi. Bu vaksinaning ta`sir qilish darajasiga ziyon qilmaydimi?

Savollarga O`zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi boshlig`i Dilorom Tursunova javob beradi.

– To`g`ri, Sputnik V  vaksinasining navbatdagi partiyasini keltirish bo`yicha biroz ushlanishlar kuzatilmoqda. Aytishim mumkinki, 30 avgust kuni mamlakatimizga Sputnik V vaksinasi keltiriladi. Bunday savol bilan ko`plab fuqarolar murojaat qilmoqda. Ushbu  vaksinaning 1 va 2 dozalari o`rtasida 21 kun oralig`i belgilangan. Endilikda 1-chi va 2-chi dozalarining o`rtasidagi oraliq uzoq muddatga cho`zilganligi sababli vaksinani amal qilish muddati tugadi yoki boshqatdan olish kerak, degan gaplar aholi orasida ko`paydi.

Реклама на Unews

Vaksina bilan emlanish oralig`i kamida 21 kun deb belgilangan bo`lsa, 12 haftagacha uzaytirilishi ham ziyon keltirmaydi. Vaksina olib kelinishi bilan 1-komponent bilan emlangan barcha fuqarolarga 2-komponenti ham qilinadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 28-08-2021 Ulug'bek

    Bu aniq javob bo'la olmaydi.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish