Vaksinalar yangi “omikron” shtammidan himoya qila oladimi?

Koronavirusga qarshi mavjud vaksinalar yangi “omikron” shtammidan ham himoya qila oladi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Gamaleya markazining patogen mikroorganizmlarning populyatsiya o‘zgaruvchanligi mexanizmlari laboratoriyasi rahbari Vladimir Gushin ma’lum qildi.

“Biz aniq aytishimiz mumkinki, vaksinalar o‘z ishini davom ettiradi va og‘ir kasalliklardan himoya qiladi, xuddi virusning oldingi shtammlaridan himoya qilgani kabi”, deydi Gushin.

Gushin vaksina tarkibiga  o‘zgartirish kiritish zarurligi haqida gapirar ekan, bu savolga 3-4 hafta ichida jahon ilmiy hamjamiyatida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslanib javob berish mumkinligini aytgan.

Реклама на Unews

Markaz vakili mutaxassislarda yangi shatmm haqida asosan genetik xususiyatga ega bo‘lgan “ma’lumotlar juda kamligini” ta’kidlagan.

“Genetika nuqtai nazaridan, shtamm noyobdir, u ilgari mavjud bo‘lgan variantlarga nisbatan ko‘proq mutatsiyaga uchragan, ammo siz tushunishingiz kerakki, bu mutatsiyalar ta’sir qilishi yoki qilmasligi mumkin”, deydi Gushin.

Uning ta’kidlashicha, bu variant haqiqatan ham dominant bo‘lgan “delta” bilan tenglasha olishi noma’lum. Birinchi ma’lumotlarga ko‘ra, “omikron” tezroq tarqalayotgan bo‘lishi mumkin, ammo hali ham ilmiy tasdig‘i yo‘q.

Реклама на Unews

Shuningdek, Gushin koronavirusning yangi shtammi qay darajada xavfli ekanligi va kasallikni og‘ir kechishiga sabab bo‘lishi haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytib o‘tdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring