Vaksina olgandan keyin ahvoli og`irlashgan fuqaro SSV nazoratiga olindi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og`irlashgan fuqaro haqida video lavha tarqaldi.  

Sog`liqni saqlash vazirligining xabariga ko`ra,  ushbu vaziyat nazoratga olindi. Ma`lum bo`lishicha, bemorning ahvolini o`rganish va bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgan.  

Ishchi guruh tarkibiga mamlakatimizning tajribali infeksionist, reanematolog, oftalmolog, virusolog, immunolog, nevropatolog, psixolog kabi mutaxassislari kiritilgan.

Реклама на Unews

"O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beramiz. Eslatib o`tamiz, shu paytgacha yurtimizda qo`llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta jiddiy salbiy ta`sir kuzatilmagan", deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring