Uzoq tanaffusdan so‘ng qaytgan UFC 249 turnirning barcha jang natijalari bitta sahifada!

Bugun AQShda uzoq tanaffusdan so‘ng UFC 249 turniri tashkil etildi.

Turnir doirasida o‘tkazilgan barcha janglar natijalari bilan ushbu sahifada tanishib chiqing.

Toni Fergyuson - Jastin Getji - yengil vazn, vaqtinchalik chempionlik uchun jang (Getji beshinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi va vaqtinchalik chempionga aylandi. Endi u chempionlik uchun Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qiladi)

Реклама на Unews

Genri Sexudo (chempion) - Dominik Kruz - o‘ta yengil vazn, chempionlik jangi (Sexudo ikkinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi va kamarini saqlab qoldi)

Реклама на Unews

Frensis Ngannu - Jairzinyo Rozenstrayk, og‘ir vazn (Ngannu birinchi raundning 20-soniyasida raqibini nokaut qildi)

Jeremi Stivens - Kelvin Kattar - yarim yengil vazn (Kattar ikkinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi)

Greg Xardi - Yorgan de Kastro - og‘ir vazn (Xardi uch raund yakuniga ko‘ra ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi)

Entoni Pettis - Donald Serrone - yarim o‘rta vazn (Pettis ochkolar evaziga g‘alaba qozondi)

Aleksey Oleynik - Fabrisiu Verdum - og‘ir vazn (Oleynik ochkolar evaziga g‘alaba qozondi)

Karla Esparza - Mishel Uoterson - ayollar, minimal vazn (Karla Esparza ochkolar evaziga g‘alaba qozondi)

Visente Luke - Niko Prays - yarim o‘rta vazn (Luke uchinchi raundda raqibini nokaut qildi)

Brays Mitchell - Charlz Rosa - yarim yengil vazn (Mitchell ochkolar evaziga g‘alaba qozondi)

Rayan Spenn - Sem Alvi - yarim og‘ir vazn (Spenn ochkolar evaziga g‘alaba qozondi)

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring