⚡️⚡️⚡️Uzbekistan Airways bir qator davlatlar bilan muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi

 Kompaniya beshta davlatga amalga oshiriladigan reyslar ro‘yxatini ma'lum qildi, deb yozmoqda "uznews.uz" nashri.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi sentyabrdan boshlab bir qator xorij davlatlari bilan muntazam ravishda reyslar tiklanishi haqida xabar bergandik.
Ushbu haftadan boshlab quyidagi yo’nalishlarda cheklangan reyslar amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

• Toshkent — Dubay — Toshkent — 4 sentyabrdan haftada bir marta, juma kunlari;

• Toshkent — Frankfurt — Toshkent — 10 sentyabrdan haftada bir marta, payshanba kunlari;

• Toshkent — Olmaota — Toshkent — 11 sentyabrdan haftada bir marta, juma kunlari;

• Toshkent — Bishkek — Toshkent — 14 sentyabrdan haftada bir marta, dushanba kunlari;

• Toshkent — Istanbul — Toshkent — 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentabr.
YUqorida ko’rsatilgan ushbu shaharlardan Uzbekistan Airways reyslarida O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo’lovchilar parvozdan 72 soat oldin COVID-19’ga PZR usulida olingan test haqidagi ma'lumotnomani rus yoki ingliz tilida taqdim etishlari kerak. Test musbat natija bergan bo’lsa, yo’lovchilar parvozga chiqarilmaydi.

SHuningdek, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiyadan muntazam reyslar bilan kelgan va COVID-19’ga test natijalari haqida ma'lumotnomaga ega bo’lgan yo’lovchilar termometriyadan o’tishlari va o’zlarini 14 kun izolyatsiya qilish majburiyati bilan anketani to’ldirishlari kerak bo’ladi:
Bunda O‘zbekiston fuqarolari uchun doimiy yashash joyida, chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda vaqtincha ro’yxatdan o’tish joyida bo’lishi lozim.
Kelgandan keyin isitma yoki boshqa alomatlar bo’lgan yo’lovchilar Toshkent aeroportida tekshiruvdan o’tkaziladi. PZR testi musbat natija bergan yo’lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

“O‘zbekiston fuqarolari yuqorida ko’rsatilgan shaharlarga parvozni rejalashtirsa, unda ular bu shaharlardagi sanitar talablarini mustaqil ravishda aniqlashtirishi hamda aviachipta sotib olishdan oldin yuqorida ko’rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beradigan tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak” deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring