UzavtoMotors rahbari mashinalar narxi oshishi bo‘yicha savolga javob berdi

Xorazmga uyushtirilgan press-tur davomida UzavtoMotors kompaniyasi direktori Rustam Rajabov Xabar.uz muxbirining avtomobillar narxi bo‘yicha savoliga javob berdi.

«Narxlar oshmaydi. Bu haqda o‘ylangani ham yo‘q. Yaqin kelajak haqida esa aniq bir narsa deya olmaymiz.

Lekin 2021 yilda avtomashinalar narxi oshmasligi aniq.

Реклама на Unews

Yana shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Labo yuk tashuvchi mashinalari narxi tushishi kutilyapti. Biz jarayon ustida ishlamoqdamiz», — deydi Rajabov.

Avvalroq «Damas»ning yangi modellari namoyish etilgani haqida xabar bergandik.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 22-05-2021 cayot

    Labolani narhi tushsa deme nimadir detallarini yechib olib qolarkansilade, ishlab chiqarvotgan moshinalarin bir tiyinga qimmat

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish