UzAuto bayonot berdi. Damas va Labo "kimniki"?

Avvalroq Internetda Damas va Labo detallari ham chetdan keltirilishi aytilgan video tarqalgandi.

20 oktyabr kuni Internetda UzAuto Motors’ning Damas va Labo detallari tayyorlanayotgan korxonadan olingan video tarqalgandi.
Unda video muallifi “bor-yo‘g‘i 100 AQSh dollariga tushadigan metall qismi nega O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydi, Janubiy Koreyada temir yo‘q, import qilib, uni qayta ishlaydi, xolos. O‘zbekistonda temir bor-ku” deydi.
UzAuto Motors AJ videoni o‘rganib chiqib, unda ko‘rsatilgan buyumlar umuman Damas va Labo uchun avto ehtiyot qismlar emas, balki ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish jihozlarining detallari ekanligini aniqlagan.
“Demak, olingan video, aslida, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdagi muammolarni emas, balki, aksincha – O‘zbekistonda ishlab chiqarish kengayganligini namoyon etmoqda”, deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.
Qayd etilishicha, UzAuto Motors’ning Xorazmdagi zavodida Damas va Labo modellari uchun shtamplangan komponentlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi sex qurilmoqda. Ushbu loyiha uchun stanok jihozlarini yetkazib berish bilan aynan Kyungki Industrial Co. Ltd (Koreya Respublikasi) kompaniyasi shug‘ullanadi, yuqoridagi rolik o‘sha yerda suratga olingan.
"Keyingi paytda O‘zbekistonda mahsulotni mahalliylashtirishga katta e’tibor berilmoqda va shu sababli barcha tarmoqlar oldiga mahalliylashtirishni kengaytirish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu vazifani bajarish uchun ishlab chiqarish jihozlari xarid qilinmoqda, videoda ko‘rsatilgan stanok ham ulardan biri edi.
Bunday stanoklar sanoqli miqdorda talab etilgani sababli, tabiiyki, ularni ishlab chiqarishni O‘zbekistonda joriy etish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi – bunday korxona umuman o‘zini oqlamaydi. Aftidan, Kyungki Industrial Co. Ltd xodimi va bizning yurtdoshimiz bo‘lgan video muallifi buni hisobga olmagan yoki auditoriyadan atayin yashirgan” – qo‘shimcha qilinadi bayonotda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 02-08-2022 WrbhAnymn

    online viagra paypal <a href="https://sildenaflabc.com/ ">generic viagra paypal canada</a> viagra tablet online india

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish