BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Uychi tumanining 4 ta sektor rahbari lavozimidan ozod qilindi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yig‘ilishida prezident Uychi tumani 4 ta sektor rahbarlari — tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i hamda tuman bosh soliqchisini vazifasidan ozod qilishga ko‘rsatma berdi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yig‘ilishida prezident Uychi tumani 4 ta sektor rahbarlari — tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i hamda tuman bosh soliqchisini vazifasidan ozod qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.

Bunga rahbarlarning yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tuman iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanmagani, topishiriqlarni bajarmagani sabab bo‘lgan.

«Ahvoling (Uychi tumani — tahr.) eng yomon respublikada, Namanganda eng oxirisan. Senga o‘xshaganlar uchun men yuribman, kechalari uxlolmay. Vijdoning oldida gapir, menga balandparvoz gaplaring kerakmas. Men darrov bilaman — kim siyosat qilayapti, kim yuragidan gapiryapti», — dedi prezident tuman rahbariyatiga qarata.

Muxammadayubxo‘ja Apaqov Uychi tumani hokimi sifatida 2018 yil avgustidan ishlab kelayotgan edi.

Fikr qoldiring