Uychi tumani «to`rtligi»ning ishdan olinishga nima sabab bo`ldi?

Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyat hokimligida bo`lib o`tgan sessiyada Uychi tumanining barcha sektor rahbarlari: tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig`i va soliq inspeksiyasi rahbarlarini ishdan olish bo`yicha topshiriq bergan edi.

«Maxsus rakurs» ko`rsatuvida mas`ul xodimlar ishdan olinishiga nima sabab bo`lgani ma`lum qilindi.

Xabarga ko`ra, tumanning to`rtta sektori rahbari yo`l qo`yilgan kamchiliklari, iqtisodiy ahvol yaxshilanmagani, topshiriqlar bajarilmagani sababli lavozimidan ozod etilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring