Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, qurilish va transport sohasida 80 mlrd 40 mln so`mdan ortiq mablag`lar iste`molchilar foydasiga hal etildi

Bugun AOKAda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vakillari bilan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.  Unda darakchi.uz muxbiri ham ishtirok etdi. 

 


2019 yil 11 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5817-son Farmoniga asosan O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzurida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi.
       Mazkur Farmonda Agentlik oldiga iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish, aholining iste`molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, iste`molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko`rsatish, tadbirkorlik va iste`molchilik madaniyatini takomillashtirish va boshqa shu kabi vazifalar belgilab berildi.
       Agentlik tomonidan 2020-2021 yillar va 2022 yilning o`tgan davri mobaynida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
      Iste`molchilarning muammolarini hal qilish: 
        Iste`molchilar o`z huquqlari buzilishi yuzasidan Agentlikka 63 663 (2020y- 21 427ta, 2021y-26249ta, 2022-15987ta) ta shikoyat bilan murojaat qilgan. Kelib tushgan murojaatlarning 48,3 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 26,4 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 14,7 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 10,6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to`g`ri keladi. 
        Agentlik tomonidan o`tgan davr mobaynida murojaatlar hamda o`tkazilgan o`rganishlar natijasiga ko`ra iste`molchilarga etkazilgan 192,8 mlrd. so`m miqdoridagi zarar  qayta hisob-qitob qilindi.
      Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, qurilish va transport sohasida 
        Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga o`tgan 3 yil mboaynida Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, qurilish va transport sohasida 30 729 ta murojatlar kelib tushgan bo`lib, ular murojaatlarni ko`rib chiqilishi natijasiga ko`ra 80 mlrd 40 mln 672 ming so`mga yaqin mablag`lar iste`molchilar foydasiga hal etildi. Misol uchun, joriy yilning o`tgan davr mobaynida iste`molchilar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun quruvchi yoki qurilish-pudrat tashkilotlaridan tomonidan qurilayotgan ko`p kvartirali uylardan xonadon sotib olish to`g`risida kelishilgan shartnomaning muhim shartlari buzilishi (belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi) bo`yicha 441 ta murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarni ko`rib chiqish natijasiga ko`ra, 290 ta iste`molchilarga 1 526,7 mln. so`m pul mablag`i qaytarib berilishi ta`minlandi. 22 ta iste`molchilarni qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko`zlab 420,0 mln.so`mga da`vo arizalari kiritildi, qolgan 129 ta murojaatchilarning o`zaro 2 462,0 mln.so`mga tuzilgan shartnoma shartlarini o`rganish orqali iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlariga aniqlik kiritilmoqda.

Shuningdek, o`tgan davr mobaynida ayrim sabablarga ko`ra avichipta hamda biletlardan foydalana olmagan iste`molchilarning aviachipta pulini qaytarib olishdagi muammolari bo`yicha 581 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, (154 tasi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarning chiptalariga, 470 236 tasi jamoat transporti (avtobus, metro va temir yo`l xizmatlari) chipta va jetonlariga qolgan, 680 tasi xususiy yo`lovchi tashish transporti to`g`ri keladi.) mazkur murojaatlarni ko`rib chiqilishi natijasiga ko`ra, 154 nafar fuqaroga 316,1 mln.so`mlik aviachiptalarning pullari, qolgan 241 nafar fuqaroga 56,7 mln.so`mlik bilet pullari qaytarib berilishi ta`minlandi.
        Agentlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Agentlikning ishonch telefoni, elektron pochta hamda veb-sayti orqali joriy yilning o`tgan davri davomida uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, qurilish va transport sohasida shartnoma shartlarining muhim shartlari, belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarmayotganligi va boshqa holatlar bo`yicha 6039 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar tegishliligi bo`yicha mas`ul tashkilotlar bilan ko`rib chiqilib, qonuniy choralar ko`rilib kelinmoqda.
      Iste`mol tovarlari nazorat xaridi va mahsulotlar ekspertizasini tashkil qilish
        Agentlik tomonidan inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo`lgan mahsulotlarni aniqlash, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) to`g`risidagi ma`lumotlarni iste`molchilarga etkazish maqsadida, chakana savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridi amalga oshirilib, ularda 369 nomdagi (un, qolipli non, shakar, idishdagi ichimlik suvi, quyultirilgan sut, kolbasa mahsuloti, sariyog`, go`shtli konserva, pishloq, yog`-moy mahsulotlari, sement, ko`mir, armatura, paxta yog`i, tomatli ketchup, led lampalar, elektro kabellar va boshq.) mahsulotlar bo`yicha o`tkazilgan ekspertiza natijasida 85 nomdagi mahsulot normativ-texnik hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan. Agentlik tomonidan taqdim etilgan laboratoriya natijalari asosida sertifikatlovchi vakolatli organlar tomonidan nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni sertifikatlarini bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va tegishli tartibda ma`muriy choralar ko`rish bo`yicha ishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarishdagi muammolarni bartaraf etish choralari ko`rilgan. 
        Iste`molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlili natijasida tizimli o`rganishlarni tashkil etish yo`lga qo`yilgan. 
        Undan tashqari, bozorlarning faoliyati, belgilangan savdo qoidalarining bajarilishi, foydalanishdagi mavjud tarozilarning sertifikatlari mavjudligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiqligini o`rganishlar tashkil etildi. Respublika miqyosidagi 192 ta dehqon bozorlarida 34 ta holatda qonunchilik talablari buzilishi alomatlari bilan hududiy tuzilmalar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 225-son nizom talablari asosida ish qo`zg`atilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan. Natijada iste`molchilar tomonidan mahsulotlarni dehqon bozorlarida xarid qilish mahsulot og`irligi bo`yicha kelib chiqishi mumkin bo`lgan muammolar bartaraf etildi.

Реклама на Unews

Ijtimoiy va moliyaviy xizmatlar, aloqa xizmatlari sohasi.
        Agentlikka ijtimoiy, moliya va aloqa xizmatlari sohasi bo`yicha kelib tushgan jami murojaatlar 2020 yilda jami murojaatlarning 12 foizini tashkil qilgan bo`lsa, 2021 yilda 15 % va 2022 yilda 17 foizga to`g`ri kelgan.
        Murojaatlardan kelib chiqqan holda joriy yilda bankomatlar orqali iste`molchilarga bank xizmatlarini ko`rsatish holati yuzasidan o`rganish va tahlil o`tkazildi (bu may oyiga to`g`ri keladi).
        Respublikaning 127  ta hududida tijorat banklari tomonidan joylashtirilgan 1003 ta bankomat bo`yicha o`tkazilgan kuzatuvlarda, ularning 103 tasida bank nomi, ishonch telefon raqami va to`lov tizimi haqidagi ma`lumot yo`qligi aniqlangan.
        2 ta holatda 24/7 tunu-kun ishlovchi shahobchasi yopiqligi, 52 ta bankomatlar nosoz holatda va ishlamayotganligi, 107 ta bankomatda naqd pul yo`qligi qayd etilgan. Yoki, 50 ta bankomatning axborot xavfsizligi ta`minlamagan holda videokuzatuv tizimlari yordamida bankomatlar bilan ishlash jarayonlarii nazoratga olinmaganligi hamda 52 tasining joylashgan holati qoniqarsizligi kuzatilgan.
        O`rganish natijalari bo`yicha axborotlar va takliflar yuqori idoralarga kiritilgan. Markaziy bank bilan hamkorlikda Bankomatlarning talab darajasida muntazam ishlab turishini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring