Umumta’lim maktablari o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda “COVID-19”ga test olinmoqda

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili gibrid shaklda boshlanmoqda. Bolalarning maktabga chiqishi yoki chiqmasligi ota-onalar ixtiyoriga ko‘ra amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mamlakatimizda o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘ligini himoya qilish, ularni pandemiya sharoitida bilim olishlariga hissa qo‘shish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, umumta’lim maktablarida sanitariya talablariga amal qilinishi bo‘yicha maktab mutasaddilariga ko‘mak berish maqsadida 10 ming nafardan oshiq tibbiyot xodimi biriktirildi. 

Реклама на Unews

Shu yilning 14 sentyabr kunidan belgilangan sanitariya talablariga javob bergan maktablarda mahalliy xalq deputatlari kengashlari qarori bilan ta’lim jarayonlari boshlanishi kutilmoqda. Bu jarayonda ikki muhim masalaga diqqat qilinishi kerak. Bir tomondan mamlakatdagi 6,2 million nafardan ortiq o‘quvchining salomatligini saqlash muhim bo‘lsa, boshqa tomondan ularga ta’lim beradigan yarim million nafarga yaqin xalq ta’limi xodimlari — o‘qituvchilarning salomatligini asrash har bir rahbardan katta mas’uliyat talab qiladi. 

Shu maqsadlarni ko‘zda tugan holda ayni vaqtga qadar “O‘zbekiston Respublikasida  “COVID-19” pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi. 

Mamlakatimizda shunday qiyin sharoitda o‘z vazifasini bajarish uchun kurashga chiqayotgan o‘qituvchilarning salomatligini himoya qilish masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. 2020 yil 11 sentyabr holatiga ko‘ra,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining jami 486 521 nafar o‘qituvchilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazildi. 

Реклама на Unews

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatga olinib, ularning holati hududlarda tashkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan o‘rganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan o‘qituvchilar shifoxonalarda davolanishga yuborilmoqda.

Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil shaklda kechayotgani ko‘rinmoqda. Bunday o‘qituvchilarimiz uy sharoiritida davolanishga o‘tkazilib, belgilangan davo muolajalarga ko‘ra, ularga bepul koronavirus bokslari (aptechkalar) yetkazib berilyapti.

 Shuningdek, bunday o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lganlar hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari tomonidan aniqlanib, ularning ro‘yxatlari karantin tadbirlarini joriy etish uchun hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yuborilmoqda

Bu sa’y-harakatlardan muddao millatimiz muallimlarining salomatligini asrash va ulardan ta’lim oladigan yosh avlodning sog‘ligini himoya qilishdir. 

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning 26 avgust kuni qabul qilingan tegishli qaroriga ko‘ra, yurtimizdagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini markazlashgan tartibda grippga qarshi bepul emlash belgilangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring