“UMRA – 2022”: Makka va Madina o`zbekistonlik ziyoratchilarni qabul qilishga tayyor!(foto)

O`zbekiston musulmonlari idorasining xabar berishicha, ayni kunlarda ziyoratchilar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni hozirlash ishlari Saudiya Arabistonidagi “Abu Sarhad” shirkat tomonidan yakuniga etkazilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari tomonidan ko`p yillik tajriba ega bo`lgan “Abu Sarhad” shirkati bilan “Umra – 2022” mavsumini amalga oshirish bo`yicha shartnoma tuzilgan.

O`tgan vaqt davomida “Abu Sarhad” shirkati tomonidan Madina va Makka shaharlarida ziyoratchilar uchun qulay sharoitlarni hozirlash, Ikki Haram masjidiga yaqin bo`lgan mehmonxonalardagi tayyorgarlik ishlarini oxiriga etkazish, zamonaviy transport vositalarini shay holatga keltirish va boshqa yuqori sifatdagi xizmatlar ko`rsatish ishlari maromiga etkazilgan.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring