Ukrainadagi urushning beshinchi kuni: «Xarkov ayovsiz hujumga uchradi» (foto)

Ukraina politsiyasi xodimlari Kiyev ko‘chasida mashinalarni tekshirish uchun to‘xtatmoqda, 2022 yil 28 fevral.
Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, urushning beshinchi kunida, 28 fevral sanasida mamlakatning ikkinchi eng yirik shahri — Xarkovning o‘qqa tutilishi natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.

Kiyevda kuchaytirilgan komendantlik soati joriy etilganidan keyin oziq-ovqat do‘konlari va jamoat transporti yana qayta ish boshladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 500 mingdan ortiq aholisi allaqachon mamlakatni tark etgan.

Belarusning Gomel shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, tomonlar yana uchrashishga kelishib oldilar.

Kunning muhim voqealari quyidagi fotolarda:



Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring