Ukrainada karantin cheklovlari kuchaytiriladi

Koronavirus pandemiyasi sababli qo‘shimcha karantin choralari Ukrainada ertaga, 9 yanvardan e’tiboran kuchaytiriladi. Mamlakatda ushbu cheklovlar 24 yanvargacha davom etadi. Ukraina Hukumatining tegishli qarori 2020 yil 9 dekabr kuni kasallik tarqalishini cheklash maqsadida qabul qilingan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Ukrainada 8 dan 24 yanvargacha inklyuziv karantin cheklovlari kuchaytirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Keling, ularni xavfsizlik uchun qishki ta’til deb ataymiz”, deydi Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal. 

Mamlakatda ushbu davr mobaynida umumiy ovqatlanish korxonalarining faoliyati taqiqlandi. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, nooziq-ovqat bozorlari faoliyati to‘xtatildi. Ta’lim muassasalariga tashrif buyurish taqiqlangan.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Hukumat bolalar bog‘chalari, sartaroshlarga buyurtma bo‘yicha, oziq-ovqat bozorlari, dorixonalar, zarur mollarni sotadigan do‘konlar, chorva mollari do‘konlari, urug‘lar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sotadigan do‘konlarga, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, banklar, pochta aloqasi bo‘limlarining ishlashiga ruxsat bergan. Savdo shoxobchalarining boshqa yo‘nalishdagi ishlarini faqat maqsadli yetkazib berish rejimida amalga oshirish mumkin.

Mamlakatning bir qator mintaqalari Hukumat qaroriga shubha bilan qaragan, ba’zilari esa uni amalga oshirishdan umuman bosh tortgan. Xususan, Ternopol Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy komissiyasi 8 yanvardan boshlab qo‘shimcha cheklovlar kiritmaslikka qaror qilgan.

Ukrainada koronavirus infeksiyasining birinchi holati 2020 yil 3 martda Chernovitsskaya viloyatida aniqlangan, o‘tgan yilning 17 martidan boshlab mamlakatda karantin joriy etilgan. Favqulodda vaziyat hukumat qarori bilan 28 fevralga qadar amal qiladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring