Ukrainada halok bo'lgan tinch aholi soni qancha ekanini bilasizmi?

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 24-fevraldan beri Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini oqibatida 8 400 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 14 000 kishi jarohatlandi.

Ammo bu raqamlar, BMT bosh huquq himoyachisi aytganidek, “aysbergning uchi xolos”. Qurbonlarning aksariyati aholi turar joylarida rus qo‘shinlari tomonidan yirik kalibrli portlovchi qurilmalar qo‘llanishi oqibatida halok bo‘lgan.

Oliy komissar Kengash aʼzolariga Ukrainaning bosib olingan hududlarida BMT ekspertlari Rossiya Qurolli kuchlari va “Vagner” kabi qurolli guruhlar tomonidan umumiy qatl va tinch aholiga qasddan qaratilgan hujumlarni hujjatlashtirgani haqida maʼlum qildi.

Реклама на Unews

“Qamoqxonadan ozod etilgan 89 nafar fuqaro bilan suhbat chog‘ida ularning 91 foizi rossiyalik xodimlar tomonidan qiynoq yoki shafqatsiz muomalaga, jumladan jinsiy zo‘ravonlikning turli shakllariga duchor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi”, — dedi Oliy komissar BMT Inson huquqlari kengashi aʼzolariga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar tomonidan sodir etilgan 109 ta jinsiy zo‘ravonlik holatlarining aksariyati qamoqxonalarda yuz bergan. Boshqalar, jumladan, ayollarni zo‘rlash, Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi hududlarda hujjatlashtirilgan. Zo‘rlanganlarning uch nafari 18 yoshga to‘lmagan qizlardir.

Xuddi shu davrda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha idorasi Ukraina xavfsizlik kuchlari ishtirok etgan zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan hibsga olishning 91 ta holatini qayd etgan. BMT Inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan suhbatlashgan 73 nafar jabrlanuvchining 53 foizi ularga qiynoq yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lishganini aytdi.

Реклама на Unews

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi butun dunyoni dahshatga solayotganini taʼkidlagan Oliy komissar oziq-ovqat, energiya, o‘g‘it va boshqa zarur tovarlar narxining keskin oshganini, bu esa barcha hududlarda tengsizlikning kuchayishiga olib kelganini eslatdi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 71 milliondan ortiq kishi qashshoqlik chegarasida yashamoqda.

Shu munosabat bilan BMT bosh huquq himoyachisi Qora dengiz orqali tashiladigan don bitimining muhimligini qayd etib, uning amal qilish muddatini uzaytirishga chaqirdi — hozirgi kelishuv muddati may oyida tugaydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring