Ukraina Rossiya Federasiyasining Qora dengiz flotini yo‘q qiladi va Qrimni qaytarib oladi

Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Vladimir Gavrilov Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qora dengizni tozalash Zmeiniy orolidan boshlangan: "Ertami-kechmi Rossiya Qora dengiz floti ham hujumga uchraydi, chunki bu Ukraina xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qadamdir", deydi u.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari qo‘shimcha qilishicha, Rossiya davlat sifatida mavjud bo‘lishni istasa, Qrimdan voz kechishi kerak.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring