Ukraina Rossiya dronlari hujumini qaytardi

Ukraina Rossiyaning dronlari hujumini qaytardi, 12 ta Shahed-131/136 uchuvchisiz uchog‘i, bitta "Granat-4" razvedka uchuvchisiz qurilmasi va ikkita boshqariladigan aviabomba yo‘q qilindi, deya xabar berdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Telegram'dagi bayonotida.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev atrofidagi havo hududida «dushmanning barcha nishonlarini» yo‘q qildi, dedi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko. Unga ko‘ra, yo‘q qilingan dronlardan birining bo‘laklari poytaxtning Svyatoshinskiy tumaniga tushib ketgan, natijada turar joy bo‘lmagan binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring