Ukraina rasmiylarining fikricha, Rossiya bugungi zarbalarni Qrim ko‘prigidagi portlashdan oldin rejalashtirgan

Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka Bosh boshqarmasi bayonot berdi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylarga Kreml tomonidan 2-3 oktyabr kunlaridayoq Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga qarshi ommaviy raketa zarbalarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Nishonlar muhim fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlari, xususan, issiqlik elektr stansiyalari va Ukrainaning aholi zich joylashgan shaharlarining markaziy hududlari bo‘lishi kerak edi.

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning fikricha, bugungi ommaviy zarbalar bir necha hafta davomida rejalashtirilgan.

Реклама на Unews

U, shuningdek, Qrim ko‘prigidagi portlashni Rossiya maxsus xizmatlari uyushtirganini taxmin qilgan. Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, portlash Ukraina shaharlariga zarba berishni oqlash uchun terrorchilik harakati deb atalgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring