Ukraina QKning Qrimga hujum qilishga urinishi oqibatlari bashorat qilindi

Ukrainani Qrimni kuch bilan egallab olishga undayotgan Yevropa davlatlari voqelikdan yiroqda, deb yozmoqda Fransiyaning “Figaro” gazetasi sharhlovchisi Reno Jirar.

Uning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining hujum qilishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

“Chunki yarim orol aholisi o‘zini rus deb his qiladi va o‘zini himoya qiladi. Qrimga qilingan hujum esa butun Rossiya aholisining noroziligiga sabab bo‘ladi”, - deb hisoblaydi Jirar.

Реклама на Unews

Iyun oyi o‘rtalarida Vladimir Zelenskiyning Qrim bo‘yicha vakili Tamila Tasheva Kiyev rejimi yarim orolni harbiy yo‘l bilan o‘z nazoratiga qaytarishga harakat qilishini aytgan edi. Qrim rahbari Sergey Aksyonov esa bu mavzuni muhokama qilishga hojat yo‘qligini aytgan.

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operasiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizasiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denasifikasiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring