Ukraina Kiyevni kuch bilan qaytarib ololmaydi. Yevropa nohaq — Figaro

Fransiyaning Figaro gazetasi sharhlovchisi Reno Jirar Kiyevni Qrimni kuch bilan qaytarishga chaqirgan Yevropa davlatlari nohaq bo‘lib chiqqanini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yarim orol aholisi o‘zlarini rus deb his qiladilar va "o‘zlarini himoya qiladilar", shuning uchun Qrimga qilingan hujum muvaffaqiyatsizlikka mahkum, chunki bu barcha Rossiya fuqarolarining qarshiligiga sabab bo‘ladi.

Iyun boshida Ukraina prezidentining Qrimdagi doimiy vakili Tamila Tasheva Kiyevning Qrimni 24 fevraldan keyin qaytarish bo‘yicha yondashuvlari o‘zgargani va endi ular bunga harbiy yo‘l bilan erishmoqchi ekanini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, agar yarimorol ustidan nazorat qaytarilsa, Kiyev 2014 yil martidan keyin Qrimga ko‘chib kelgan rossiyaliklarni chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.

Реклама на Unews

 

Keyinchalik, avgust oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimni “qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham” qaytarish bilan tahdid qilgandi. Shuningdek, u “Qrimni ishg‘oldan chiqarish bo‘yicha maslahat kengashi” tashkil etilishini e’lon qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring