Ukraina jahon hamjamiyatidan kuchli yordam so`ramoqda

Ukraina prezidenti umumiy safarbarlik to`g`risida farmon chiqardi. Unga ko`ra,18 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan Ukraina erkak fuqarolarining mamlakatni tark etishi taqiqlanadi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, shiddatli janglardan so`ng Ukraina qurolli kuchlari poytaxtdan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan Gostomel aeroportini o`z nazoratiga qaytargan.

Donbassdagi vaziyat tufayli Moskvada maxsus harbiy operasiya deb atalayotgan janglar bir vaqtning o`zida bir necha yo`nalishda olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, payshanba kuni Rossiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o`tkazdi.

 "Bo`layotgan narsa majburiy chora. To`g`ri, ular boshqacha qilish imkoniyatini qoldirishmadi. Rossiya jahon iqtisodiyotining bir qismi bo`lib qolmoqda va bu borada biz o`zimizni bir bo`lagidek his qilayotgan tizimga zarar etkazmoqchi emasmiz.  Shuning uchun hamkorlarimiz buni tushunishlari va bizni bu tizimdan siqib chiqarish vazifasini o`z oldilariga qo`ymasliklari kerak, deb o`ylayman",-deydi u.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir sutkada mamlakatning 137 fuqarosi halok bo`lganini ta`kidlagan. Qayd etilishicha, ular orasida 10 nafar askar ham bor.

Реклама на Unews

Shuningdek, u ko`plab davlat rahbarlari bilan muzokaralar olib borganini aytib, Ukraina kuchli qo`llab-quvvatlanmasa, urush ularning eshigini ham taqillatishidan ogohlantirdi.

"Biz Ukraina urush yo`lini tanlamaganini qayta-qayta ta`kidlaymiz. Ukraina tinchlik yo`liga qaytishni taklif qiladi, - deydi Vladimir Zelenskiy.

Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi Ukraina shaharlariga zarbalar berilmaganini, harbiy infratuzilma esa yuqori aniqlikdagi vositalar yordamida o`chirilganligini da`vo qilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring