Ukraina armiyasi Zaporojyedagi AESda nima yashirgani ma’lum qilindi (video)

Zaporojye AESdagi vaziyat to‘liq Rossiya Milliy gvardiyasi nazorati ostiga o‘tdi, stansiya xodimlari shtat rejimida ishlamoqda.

Bu haqda Rosgvardiya vakili ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 240 ga yaqin odam, jumladan, 50 nafar ayol qurollarini topshirgan va jangovar harakatlarda ishtirok etmaslik bo‘yicha hujjatlarni imzolaganlaridan so‘ng, stansiya hududidan olib chiqilgan va uylariga jo‘natib yuborilgan.

Rosgvardiya vakilining ta’kidlashicha, AES hududida 500 dona qurol hamda o‘q-dori aniqlangan.

Реклама на Unews

 

“Bu o‘q-dorilarni stansiyaning energiya bloklarida aniqladik. Ya’ni mudofaa jangini olib borishga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgan”, - deya xulosa qildi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring